bosar-tusar
bilan ulashing
1. Haddan tashqari magʻrurlanib, kekkayib ketmoq, manmanlik qilmoq; hech narsani nazar-pisand qilmay qoʻymoq.
-
Hasancha, anavi Soyib tanburchiga oʻxshaganlar xoʻjayin-xoʻjayin deyishavergach, bosar-tusarini bilmay qoldi. S. Mahkamov, Shogird
-
Ikki ogʻiz shirin gap eshitsa yoki uchta-toʻrtta yangi koʻylagi boʻlsa, bosar-tusarini bilmay qoladigan qizlar ham bor. A. Eshonov, Bir ogʻiz soʻz
2. Hovliqmoq, shodlikdan oʻzidan ketmoq.
-
Habiba kechadan beri bosar-tusarini bilmay, ziyofat taraddudini koʻrmoqda. H. Nazir, Ocherk va hikoyalar
-
Umidning chehrasi ochilib, xursand boʻlib ketganidan, bosar-tusarini bilmay qoldi. Mirmuhsin, Umid
BOSAR-TUSAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСАР-ТУСАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosar-tusar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BOSAR-TUSAR so‘ziga berilgan ma’nolar
bosar-tusar so‘ziga yangi izoh qo‘shing