bosiq
bilan ulashing
1. Bosigʻliq, bosilgan; ezilgan; pachaq boʻlgan.
2. Chekkaga yoki peshonaga tushirilgan (bosh kiyimi, doʻppi haqida).
-
Beqasam toʻn, qoʻsh shohi qiyiq, Tus doʻppisi manglayda bosiq. Oybek
3. Oʻzini tuta biladigan, ogʻir, vazmin; sipo.
-
Oʻshalarning gapi gap. Senam, ukam, lovullab ketmagin-da. Ha, bosiq boʻl! S. Anorboyev, Oqsoy
-
Mirjalil oʻttiz yetti yoshlarga kirgan, ancha bosiq, ogʻir yigit. Mirmuhsin, Hikoya va qissalar
-
Tilak pochcham bosiq yigit. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Oysanam — bosiq tabiatli, kamgap, iffatli juvon. M. Xayrullayev, Tilla marjon
4. Bosinqi, vazmin; salmoqli, salmoq-dor.
-
Bosiq, lekin taʼsirchan soʻzlamoqda edi. Sharq yulduzi
-
Ahmad oʻspirinlar tomonga oʻgirildi. Bosiq ovoz bilan gapirdi. F. Musajonov, Himmat
-
Zargarovning parishonligini payqagan Ziyoda shoʻxlikni qoʻyib, bosiqqina xayrlashdi. A. Muxtor, Asarlar
5. Yapasqi, yalpoq; puchuq.
-
Burnini jiyirganida qalin labi bosiq burniga tegay deb ketadi. Mushtum
bosiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosigʻi bilan
-
Valijon aka keyin bosigʻi bilan gapirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Matqovul aka, men non toparmikanman deb, qorin gʻamida maktab ochganim yoʻq, — dedi u bosigʻi bilan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
BOSIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar