bosma
bilan ulashing
1. Bosmaxonada bosilgan, chop qilingan, nashr etilgan.
-
Qoʻlyozma va bosma asarlar.
-
Mustaqillik davrida bosma mahsulotlar yanada koʻpayadi. Gazetadan
2. ot. esk. ayn. Nashr.
-
Ehson stol ustida yotgan bir kitobchani Saidiyning oldiga surdi: — Buni koʻrdingizmi? Ikkinchi bosmasi. A. Qahhor, Sarob
-
Adabiy xodimning asosiy vazifalaridan biri — materialni tahrir qilib, bosmaga tushirish. F. Musajonov, Himmat
-
— “Isteʼdod“ nima degani-a? Hech tushunmadim-da shu gapga, — dedi Husniddin. Musa yaqindagina bosmadan chiqqan, hech qoʻlidan tushirmaydigan lugʻatni oldi-da, tez varaqlab topdi: — Talant — dedi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. aynan Bosmaxona.
-
U Xevada bosma ochib (1874 yil), koʻp kitoblar bostirgan. J. Sharipov, Xorazm
4. Nashriyot, noshir, nashrchi.
-
Sen Ota-jon bosma bilan bir soʻllash. Toshbosmada Avazning sherlarini chop etib, nusxasini koʻpaytirsin. S. Siyoyev, Avaz
5. Kashtachilikda keng tarqalgan yaxlit gul-choklardan biri.
-
Ayvonda bosma gulli boʻz koʻrpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar oʻtirardi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Bosma tikkan botir qiz, Jamalay tikkan chevar qiz. Boychechak
6. Jundan tayyorlangan, tikilgan (mato yoki ust kiyim haqida).
-
Bosma chakmon. Bosma kigiz.
-
Bosma chakmonni yechib, sandalga oyogʻini tiqdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
7. Kulolchilikda sopol idishlarni bezashda qoʻllanadigan gul nusxalari.
8. Siyohni shimib quritadigan qogʻoz va shunday qogʻoz oʻrnatilgan asbob.
-
Jalgʻash Nurimbetov gʻazab bilan kirib, Poshshoxon Madrahimovaning boshiga siyohdon yonidagi soʻlaqmondek bosma tosh bilan tushirdi. Mushtum
9. Bosqin, bosqinchilik.
-
Hamma oʻgʻri, kallakesar, yalangoyoqlarning boshida Akbarali oʻzi turadi! Kechalari yigitlari bilan bosma qiladi! Choʻlpon, Kecha va kunduz
bosma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosma list
-
Turob akaning hamma yozgan asarlari 150 bosma listga yaqin toʻplamni tashkil etadi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
Bosma mashina
Bosma taboq
Bosma harf
Bosmaga tayyorlash
BOSMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОСМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bosma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar