kuchli
bilan ulashing
1. Jismoniy qobiliyati, kuch-quvvati nisbatan ortiq; baquvvat.
-
Kuchli yigit.
-
Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchli edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sen mana shu oltinni ol bir kushik nari qishloqdan ikki ot ol, kuchli, chopqir zotlardan boʻlsin. Hamza, Maysaraning ishi
-
Gʻilay odam shamni tokchaga qoʻyib, kuchli qoʻllari bilan Ahmad Chalabiyning yoqasidan tutdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
2. Sogʻlom va yaxshi rivojlangan.
-
Yuragi kuchli.
-
Uning [Gulnorning] xayolida yolgʻiz Yoʻlchigina uchadi, fikran u bilan soʻzlashadi, goʻyo yigit kuchli, keng koʻkragiga uning boshini olib erkalaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. fizika tex. Katta quvvatga ega boʻlgan; quvvatli.
-
Kuchli dastgoh. Kuchli mashina, shya Hammasi laboratoriyada kuchli magnit maydon xossalarini oʻrganish uchun yasalayotgan gʻaltak yaqinida turganda roʻy berdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Guvullar kuchli motor, Aylanar mashinalar. Yu, Hamdam
4. Iqtisodiy, moddiy va boshqa jihatdan baquvvat; imkoniyati zoʻr, qudratli.
-
Kuchli davlat. Kuchli armiya. Kuchli raqib.
-
Abusaid mirzoning kuchli qoʻshini hozirgi paytda Buxoroga kirib kelishi muqarrar edi. Mirmuhsin, Meʼmor.
5. Taʼsir darajasi yuqori, tez taʼsir qiladigan.
-
Kuchli dori. Kuchli zarb.
-
Kuchli dalil boʻlmasdan, ular bilan olishib boʻlmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Alif va boʻyoqning kuchli hididan boʻlsa kerak, burnini jiyirib olgan. Mushtum
-
Qoradori ancha kuchli narkotik modda boʻlib, u organizmga zararli taʼsir oʻtkazadi. Gazetadan
6. Zuhur etish, yuz berish darajasi yuqori: qattiq; shiddatli.
-
Kuchli shamol. Kuchli faryod. Kuchli portlash. Kuchli xoʻrsinish. Kuchli toʻlqin.
-
Muzloq togʻ bino boʻlib bunday kuchli guldurosni eshitmagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ergashev pulemyotidan shunchalik kuchli oʻt ochdiki, hatto pulemyot kojuxidagi suv samovardagidek varaqlab qaynar edi. N. Safarov, Qaxramonning tugʻilishi
7. Oʻz ish-hunarini yaxshi biluvchi, qobiliyati zoʻr; talantli.
-
Kuchli oʻquvchi. Kuchli shaxmatchi. Kuchli olim. Kuchli yozuvchi.
-
— Xivada kuchli tabiblardan shu kishi qoldi — deya Ibrohim ota Oʻtar buvani maqtab ketdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Bu yerga mamlakatimizning turli burchaklaridan eng kuchli changʻichilarning tashrif buyurishi quvonchimizga quvonch qoʻshdi. Gazetadan
8. so‘zlashuv tili Tarkibida oʻgʻit moddalari koʻp, unumdor; semiz.
-
Sen ham paxta berasan ammo yering kuchli, yangi yer. Azot kerak emas. I. Rahim, Chin muhabbat
9. Oʻsish, rivojlanishni tezlashtiradigan; koʻp kuch-quvvat bagʻishlaydigan; toʻyimli, toʻq tutadigan.
-
Kuchli yem. Kuchli ovqat. Kuchli oʻgʻit.
10. Umuman, darajasi yuqori, yuqori darajali.
-
Kuchli hissiyot. Kuchli sogʻinch. Kuchli hayajon. Kuchli qiziqish. Kuchli harakat. Piring kuchli boʻlguncha, biliming kuchli boʻlsin. Maqol
-
Erim qimorboz boʻlsayam, oriyati kuchli edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bu xushhol va ochiq koʻngil ayolda koʻzga yaqqol tashlanmaydigan kuchli iroda va mustaqillik yashirin edi. F. Musajonov, Himmat
-
Sanjar Siddiqovning talanti, oʻtkir badiiy tafakkuri uning ijodiy izlanishlarida katta kengliklar ochib berdi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari.
KUCHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЧЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuchli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar