kuchsiz
bilan ulashing
1. Jismoniy qobiliyati past, kuch-quvvati nisbatan oz; zaif.
-
— Burnidan tortsa yiqiladigan, kuchsiz, xunukkina kishi — bazzoz Abdulxoliqboy — qoshini chimirib, ingichka, xotinchalish ovozi bilan gapga aralashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror ish qilish yoki ishlab chiqarish qobiliyati, quvvati boshqalardan past, oz; quvvatsiz.
-
Kuchsiz motor.
3. Iqtisodiy jihatdan kamquvvat, hol-qudrati nisbatan past, oz.
-
Hukumatga chap berib, kuchsiz xoʻjaliklarning badaniga zulukday yopishib olgan mana shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Taʼsir kuchi past; boʻsh.
-
Kuchsiz dori.
5. Zuhur etish darajasi past, oz; sekin yoki sust yuz beradigan; zaif.
-
Kuchsiz ovoz. Kuchsiz shamol. Kuchsiz portlash.
-
Doʻllar toʻgʻrisidagi beshinchi chiroq; titrab-titrab, un gardi oʻtirgan kichkina shishasidan xira, kuchsiz nur sochib turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Kampir kuchsiz xurrak torta boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Oʻz ish-hunarini yaxshi bilmaydigan, qobiliyati past; boʻsh.
-
Toʻrtinchi sinfning hammasi eng yaxshi oʻqiydigan bolalar boʻlsa ham, oʻqishda hamma darslardan kuchsiz, ruschadan esa hech tayyorlamaydigan Mirzajon Latifiy degan ham bor edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
7. so‘zlashuv tili Tarkibida oʻgʻit moddalari kam; unumsiz, oriq.
-
Yer kuchsiz boʻlganidan keyin, darmonsiz tanga yopishadi-da har xil dard. S. Nurov, Narvon
8. Kam kaloriyali, yengil.
-
Kuchsiz ovqat.
KUCHSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЧСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuchsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar