sher
bilan ulashing
1. Mushuksimonlar oilasiga mansub, kalta va sargʻish yungli (erkaklari esa qalin yolli) yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon; arslon.
-
Ovchining zoʻri sher otadi, Dehqonning zoʻri yer ochadi. Maqol
-
Oʻzingni er bilsang, oʻzgani sher bil. Maqol
-
Bular [uch ogʻayni botirlar] tushgan toʻqayning narigi tomonida bir sherning makoni bor edi. Ertaklar
2. koʻchma Shaxsni sherga nisbatlab ataydi (“azamat“, “botir“ polvon maʼnosida).
-
Bu hujjatni butun rayonga tarqatmoqchimiz, sher, obroʻying oshib, choʻqqiga koʻtarilayotganingni bilasanmi? I. Rahim, Ixlos
-
— Balli, sher, xatni qoʻlingizdan kim oldi? — Bir chol. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yoppa yov-lik otga mining, sherlarim. Yusuf va Ahmad
-
Figʻon qilgan bunda sherlar, Yoʻlbars, qoplon, bunda erlar Bahrom va Gulandom
sher soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sher boʻlmoq
-
Ichkilikning zoʻridan sher boʻlib ketgan Yazturdi endi koʻcha harakati qoidasini unutib qoʻygan edi. Gazetadan
-
Balli, azamat, bugun jang vaqtida sher boʻlib ketding. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
SHER so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЕР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sher so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar