lof
bilan ulashing
1. Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri: haddan tashqari boʻrttirilgan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon gap; mubolagʻa.
-
Abduvali oʻzi toʻqib chiqargan loflariga hammadan koʻp oʻzi ishonardi. F. Musajonov, Lofchi
-
Qiyosing chin va yo lofdir. A. Oripov
-
Bu lof emas, Murod Xoliqov yaratgani aniq. Mushtum
2. Ortiq darajada, toʻn kiydirib maqtanish.
-
Ishni qiladi asbob, egasi uradi lof. Maqol
-
Jurnalistlarni oʻt yurakli kishilarga qiyos qilishadi. Bu lof emas. Gazetadan
lof soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lof desa, olaqopni olib yuguradi
Lof urmoq (yoki qilmoq)
-
Arabboy eplasa lof urib, birovni gangitar, biror manfaat chiqadigan joydan qolmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi;
-
Dushmanning toʻppari, aerogianlari, aqlga sigʻmaydigan boshqa hunarlari haqida lof qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yoʻlda chayon toshbaqaga lof urib Dediki: boqsam agar oʻylab turib, Mencha senga suyguli yoʻq mehribon — Sen tanu, goʻyo anga men misli jon! Hamza
LOF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛОФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lof so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar