guldasta
bilan ulashing
1. Dastalangan gul, bir bogʻ gul; buket.
-
Nabijon birinchi davlat imtihonini topshirgan kuni Muborak uni katta guldasta olib kelib tabrikladi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Vagonlarga irgʻitilgan guldastalarning koʻpi yerga tushdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. arxit. Machit. Madrasa, saroy va shu kabilarning tashqi devorlari tutashgan burchakda tirgak va bezak maqsadida devorga kushib tiklangan kichik minora.
-
[Meʼmor] Gavharshodbegim madrasasi yoniga kelib, guldastaga qaradi, zangori koshinlar oy nurida yarqirab turardi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Turkum, toʻplam.
-
Xonanda, ayniqsa, sanʼatsevar doʻstlariga oʻzining avvalgilariga oʻxshamaydigan yangi qoʻshiqlar guldastasini Namangan shahridagi Navbahor markaziy oʻyingohida taqdim etdi. Gazetadan
GULDASTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУЛДАСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
GULDASTA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan GULDASTA so‘ziga berilgan ma’nolar
guldasta so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
guldasta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar