uzel
bilan ulashing
1. Transport yoʻllarining tutashgan, kesishib oʻtgan joyi.
-
Eng yirik temir yoʻl uzeli — A. stansiyasi uchun shiddatli jang davom etmoqda edi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Bir joyga oʻrnashtirilgan, vazifasi jihatidan bir-biriga bogʻlangan inshootlar, mexanizmlar, qurilmalar va shu kabilar yigʻindisi.
-
Gidroinshootlar uzeli.
-
Qotishma tayyorlash uzelida qishga yaxshi tayyorgarlik koʻrilmagan. Gazetadan
3. Mashina yoki apparatning oʻzaro birikkan bir qancha sodda detallardan tashkil topgan yaxlit bir qismi.
-
Abdusattor traktorning uzellarini koʻzdan kechirdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Shubhasiz, paxta terish mashinasida hamma uzel va agregatlar muhim. Gazetadan
4. anat. Organizmdagi maʼlum hujayralarning gʻuj oʻrnashgan joyi; tugun.
-
Limfatik uzel. Nerv uzeli.
deng. Kemalarning bir soatda bosib oʻtilgan dengiz mili soni bilan hisoblanadigan tezlik oʻlchovi.
-
Paroxod oʻn ikki uzel tezlikda yurdi.
UZEL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗЕЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzel so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar