uzil-kesil
bilan ulashing
1. ravish Bekam-koʻst, toʻla holda; batamom.
-
Nizomjon Yuragida toʻlib-toshgan gaplarni uzil-kesil toʻkib solmoqchi boʻlib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi. S. Ahmad, Ufq
-
Hali biz qipchoq elidan uzil-kesil qutulganimiz yoʻq. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Muayyan sohaga oid muammolar, jumboqlar shu sohaning koʻpchilik olimlari hamkorligidagina toʻla va uzil-kesil hal etilishi mumkin. Fan va turmush
2. Qaror holiga kelgan, qatʼiy.
-
Uzil-kesil javobimizni oʻn kundan soʻng xabar qilamiz. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Nihoyat, Rahmatulla xayoliy rejalardan charchab, uzil-kesil qarorga keldi. Yoshlik
UZIL-KESIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗИЛ-КЕСИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzil-kesil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar