ust
bilan ulashing
1. Narsalarning yuqori tomoni; tepa; zid. past.
-
Usti ochiq aravaga yuklar ortildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yassi qora stollarning yon-veri odamga, usti esa uyum-uyum kitobga toʻla. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Erining yordamida xontaxta ustini shirinliklardan boʻshatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Doʻkonxona burchagida usti yeyilgan, tekis kosib toʻnkasi Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ichga qarama-qarshi tomon; sirt.
-
Paltoning usti. Idishning usti.
-
[Gulsumbibi] Usti koʻk sirli katta chelakni olib, sigir soqqani ogʻilxona tomon ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sidiqjon etikni chiroqqa solib, ustini, ichini koʻrdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Saodatxon ustiga hech narsa yozilmagan, yelimlangan konvertni portfeliga solib qoʻydi. S. Zunnunova, Yangi direktor
3. Koʻchma Kiyim, kiyimlar majmui; ust-bosh.
-
Usti yupun, qorni och, ozgʻin bola uning oʻzi emasdek tuyuldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Shu ham bahonami? Usting but, qorning toʻq. Qordan qoʻrqasanmi?! E. Raimov, Ajab qishloq
4. koʻchma Zimma, masʼuliyat.
-
Hokim tekshirib, hech bir natija chiqara olmagandan keyin, aybni karvonsaroy qorovuli ustiga qoʻyadi. Sh. Zunnun, Hiylakor oʻgʻri
-
Bu yoʻlda qancha zarba boʻlsa, ustimga olishga hozirman. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
5. 3-shaxs egalik va joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish kelishiklari affikslari bilan (ustiga, ustida, ustidan) koʻmakchi vazifasida makon, payt, obyekt kabi munosabatlarni ifodalaydi.
-
Meʼmor aravadan tushib, bir muddat boʻlsa ham maysa ustiga yonboshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qoʻrgʻonbegi ot ustida qoʻrgʻonning u boshidan bu boshiga chopardi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Choy ustida eri ruhiyasini kuzatadi, uning nechundir kayfi buzuq Mirmuhsin, Topilgan husn
-
Pastda qamishzor botqoqlik va uning ustidan oʻtgan uzun yogʻoch koʻprik bor edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Domla ikki shisha pivoning ustidan yuz gramm aroqni bitta otib, oʻrnidan turdi. A. Qahhor, Toʻyda aza
ust soʻzi qatnashgan jumlalar:
Usti yaltiroq — ichi qaltiroq
UST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ust so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar