usta
bilan ulashing
1. Biror kasb-hunar bilan shugʻullanuvchi malakali mutaxassis.
-
Soatsoz usta. Etikdoʻz usta. Tikuvchilik ustasi. Ish ustasidan qoʻrqar. Maqol
-
Bu binoni kim qurgan, Koʻk bilan ulashtirib? Qomatin zab oʻxshatgan Ustasi kelishtirib. Q. Muhammadiy
-
[Uylagan:] Ogʻil solgan ustalarga doim qarashdim, lekin birovdan bir chaqa soʻraganim yoʻq. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Maʼlum kasb yoki hunarni egallashga oʻrgatuvchi shaxs; rahbar, ustoz.
-
Usta koʻrmagan shogird har maqomda yoʻrgʻalar. Maqol
-
Ustaning shogirdi — oʻn toʻrt yashar Yoʻldosh deraza oldida oʻtirardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aka-uka usta qoʻlida uch yil ishlashdi Mirmuhsin, Meʼmor
3. Shunday shaxslarni bildiruvchi soʻzlarga (shaxsning ismi yoki buva, amaki kabi soʻzlarga) qoʻshib ishlatiladi.
-
Qishloq chekkasida usta Abduvahob degan, Ashtdan koʻchib kelib qolgan tojik yashaydi. T. Ashurov, Oq ot
-
Usta boboning kayfi chogʻ edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Usta amaki, mundan xalat tikib bersangiz. Guldasta
4. Biror ish, sohaning mashhur, mohir bilagʻoni; mohir.
-
Badiiy soʻz ustasi. Yuqori hosil ustalari. Sanʼat ustalari.
5. Sportning u yoki bu sohasida maʼlum natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilarga beriladigan unvon va shu unvonga ega boʻlgan shaxs.
-
Sport ustasi. Xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
6. Epchil, chechan.
-
Marasul aka, koʻk piyoz toʻgʻrashga ustasiz A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Gapga ham usta ekansiz Mirmuhsin, Meʼmor
-
Maynabozchilik qilishga usta edi Rahim aka. F. Musajonov, Himmat
usta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Usta solmoq
-
Sidiqjon onasi kutgandan ham ortiqroq gʻayrat qilib, hash-pash deguncha yogʻoch, somon, boʻyra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va tezdan usta soldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
USTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
usta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar