ustaxona
bilan ulashing
1. Biror narsa yasash, tayyorlash yoki taʼmirlash uchun maxsus jihozlangan kichik muassasa va uning binosi.
-
Umarali texnika ustaxonasi oldida qatorlashib turgan mashinalar ichida Pobeda ga havas bilan qaradi. I. Raxim, Ixlos
-
Avaz yarim soatcha dam tortib oʻtirdi-yu, bu tor, nimqorongʻi ustaxonadan zerikib, chiqib ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Korxona, xoʻjalik va shu kabilarda ustachilik, taʼmirlash ishlarini olib boruv-chi boʻlim.
-
Xoʻjaliklarning ustaxonalari bu ishga moslashtirilmagan, yigʻish sifati texnika talablariga mutlaqo javob bermaydi. N. Xudoyqulov, Yer tafti
-
Har bir oʻquv kabineti va ustaxonaga kombinat boʻlinmalarining rahbarlari biriktirib qoʻyilgan. Gazetadan
3. Rassom, haykaltaroshning ish olib boradigan joyi, xonasi (xonalari).
-
Rassom oʻz ustaxonasida yolgʻiz ijod qiladi. Gazetadan
USTAXONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТАХОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ustaxona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar