ustama
bilan ulashing
1. Pul hisobida tayinli (belgilangan) miqdorga qoʻshib beriladigan; ustiga qoʻshimcha.
-
Agar paykal sifatli haydalgan boʻlsa, mexanizatorga ustama haq toʻlanadi. Gazetadan
-
Kuzga borib mehnat haqidan tashqari qancha ustama mukofot olishlarini ham xayolida choʻtlab aytib berdi. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
2. Mahsulotning ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlmagan, tannarxdan tashqari, tannarx ustiga qoʻyiladigan.
-
Xullas, egov va boshqa bir qancha tovarlarga ham mudirning hakalak otgan nafsiga javob beradigan darajada ustama narx qoʻyildi. Gazetadan
-
Oʻgʻitlarni joylashtirish uchun katta-katta omborlar zarur. Mana shularning hammasi ustama xarajatlarni ancha koʻpaytirib yubormoqda. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. s.t. kam qoʻll. Qoʻshimcha ravishda; yana.
-
Bir necha taryokiylar mening hikoyalarimdan oʻzlaridan ketay deb qoldilar, baʼzilari hozirgina yegan afyunlari eslarida yoʻq, yana ustama afyun yeb oldilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
USTAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ustama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar