ustki
bilan ulashing
1. Yuqorida, tepa qismda joylashgan; yuqorigi, tepadagi.
-
Ustki tish. Ustki jagʻ. Uyning ustki qavati.
-
[Kamolxonov] Sulaymonovning kulmaganini koʻrib, oʻzini jiddiy koʻrsatish uchun, qoshlarini chimirdi, ustki labini soʻra boshladi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
2. Narsaning tashqi qismida, sirtida joylashgan; sirtidagi.
-
Normat bintni protivogaz xaltasining ustki choʻntagiga solib qoʻydi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Shudgorlarni boronalashni tuproqning ustki qatlami yetilishi bilanoq boshlash kerak. Gazetadan
USTKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ustki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar