ustun
bilan ulashing
1. Tomni koʻtarib turuvchi tik tayanch yogʻoch.
-
Meʼmor ayvonga qaradi: peshayvonning oʻsha toʻrt ustuni koʻziga olovdek koʻrindi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Laʼli otxonaning oʻt yalayotgan xarilarini, charsillab yonayotgan ustunlarini koʻrdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. arxit. Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi; kolonna.
-
Teatr peshtoqining ustunlari. Foye ustunlari.
-
Stansiya ayvonining bahaybat ustunlari, rang-barang yasanib, poyezd kutishga chiqqan odamlar asta-sekin suza boshlaganda, Elmurod toqat qilolmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Umuman, biror narsani koʻtarib turish, osib qoʻyish va shu kabilar uchun foydalaniladigan uzun tik yogʻoch yoki shu taxlitda ishlangan qurilma.
-
Chegara ustuni. Yoʻl koʻrsatuvchi ustun.
-
Ajalning nishtari bagʻrim yirtadi, Shiqirlatib dor ustunga tortadi. Shirin bilan Shakar
-
Ketmon koʻtargan ikki moʻysafid uning yonidagi elektr ustuni tagida gaplashib oʻtirardi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
4. fizika Havo bosimi yoki harorat oʻlchash asboblarining tik shisha naychasi ichidagi suyuqlik.
-
Simob ustuni pasaya boshladi.
-
Suyuqlik ustuni qancha baland boʻlsa, bosimi shuncha katta boʻladi. Fizika
5. koʻchma Ushlab, tutib, saqlab turuvchi shaxs; tayanch, suyanchiq.
-
Afsuski, oramizda ustoz Abdusamad Avval yoʻqlar, maʼrifat imoratining bir ustuni yiqilib tushdi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Tunov kuni shahardan chiqib kelayotgan uch-toʻrt oqsoqol meni koʻrsatib, rayonning ustuni degani qulogʻimga chalindi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Ustunlari tezlik bilan yakson qilingan boʻlsa ham, eski jamiyat osonlikcha qulamadi. OʻTA
ustun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dunyoga ustun boʻlmoq
-
[Islomxoʻja:] Hammamiz ham bu dunyoga meh-monmiz. Hech kim dunyoga ustun boʻlgan emas. J. Sharipov, Xorazm
Biror jihatdan yuqori, baland, kuchli.
-
Son jihatdan ustun.
-
Mirzakarimboyning qizi Nurinisoning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
El-yurt manfaatlari har bir narsadan ustun va ulugʻ. N. Safarov, Olovli izlar
ustun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ustun chiqmoq (yoki kelmoq)
-
Odamlarning salobati uning qaygʻusidan ustun keldimi endi u yigʻlamas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Tugʻilayotgan yangilik bilan eskilik oʻrtasidagi kurash jarayonida ilgʻor fikr ustun chiqdi. N. Safarov, Olovli izlar
USTUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ustun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar