ustuxon
bilan ulashing
1. Suyak, soʻngak (odatda, et bilan birlikda).
-
Onangizni koʻring: ustuxon, bir hovuch ustuxon. Shuhrat, Umr pogʻonalari
2. Goʻshtli, pishirilgan suyak.
-
Maxsum peshinda yeyilgan goʻshtdan qolgan ustuxonni tozalay boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
ustuxon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ustuxon boʻlmoq
-
Ozib, toʻzib, birgina ustuxon boʻlib qolgan jafokash qiz bidʼat ovoqtasidan chiqarildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ustuxoni yoʻq
-
Ochigʻi, Adashev qarindoshchilik, maishatbozlikka ustuxoni yoʻq odam ekan, qurgʻur. A. Muhiddin, Xarakteristika
Ustuxoni qolgan yoki eti (borib) ustuxoniga yopishgan
-
Kechqurunlari uxlash uchun yechinayotganda, u ozib-toʻzib, ustuxoni qolgan badaniga qaramaslikka harakat qilardi. Gazetadan
-
Bir necha kun ichida Nodirjonning eti ustuxoniga yopishdi. A. Muhiddin, Chap choʻntak
USTUXON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСТУХОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ustuxon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar