qasr
bilan ulashing
1. Podsholar, xonlar yoki mulkdorlarning hashamatli saroyi.
-
Xoʻja Abdulla oʻngda, Mazidbek chapda yurib, Boburni ark toʻridagi qishlik qasrga boylab keldilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Registon maydoni podsho qasrining oldidagi maydonga emas, iflosliklar bilan toʻldirilgan qishloq bozorlari maydoniga oʻxshardi. S. Ayniy, Esdaliklar
2. koʻchma Har qanday muhtasham bino, dangʻillama uy, toq-ravoq, koshona.
-
Toʻrt tomoni gumbazli qasrlar bilan oʻralgan qalʼaning temir darvozasi lang ochilib Isfara chiqib keldi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
-
balandlikdagi saroy ichidagi qasrlarda hokimlar bazm qurib, hozir sarxush uxlab yotishibdi. Mirmuhsin, Meʼmor
QASR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАСР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qasr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar