qasmoq
bilan ulashing
1. Ust-boshga oʻtirgan qalin kir qatlami, qatirma kir.
-
Yenglari bir ellik qasmoq. Qasmoq sochiq.
-
Shuncha yurib, nima orttirding? Mana shu juldur chopon bilan qasmoq doʻppinimi? S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
yorgʻoq boshiga yogʻ bosgan qasmoq doʻppini bostirib kiyib yuradigan bu odam A. Ibodinov, Latofat doʻkonidagi qatl
2. aynan Qazgʻoq 1.
-
Bolaligimda Oppon degan bir oʻrtogʻim boʻlardi. Sira boshidan qasmoq arimasdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Boshlari qasmoq bogʻlagan, oyoq yalang bolalar sopol kosalarda qaymoq olib oʻtadilar. Gʻ. Rasul, Adolat
3. Biror narsaning qotib qolgan ustki qatlami; qatqaloq.
-
Shoʻri qalin qasmoq boʻlib yotgan bu yer oʻtgan yili bahorda inson qadami tegmaganday edi. Y. Shamsharov, Oydin koʻllar
QASMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАСМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qasmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar