qasqon
bilan ulashing
1. Gʻalvir, elak, chirmanda va shu kabilar buyumlarning gardishi, chambarak.
-
Chirmandaning qasqoni, Bandi bormi osgani. Oʻynasang oʻynab olgin, Yoring bormi toʻsgani? M. Alaviya.
2. Manti, xonim kabilar teriladigan maxsus patnislari boʻlgan, shunday taomlar pishiriladigan oshxona asbob-buyumi.
-
Yuzta manti eltadigan qasqon.
-
Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqonga terib, qozonga uyar, Raʼno boʻlsa, kichkina ukalari orasida oʻtirar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qasqonga dimlanib, ustiga sariyogʻ surtilgan oshqovoq juda xush-taʼm boʻladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
QASQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАСҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qasqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar