qat
bilan ulashing
1. Qavat-qavat yoki qatlam-qatlam narsalarning xar bir qavati, qatlami.
-
Toʻrt qat buklangan koʻrpacha.
-
Azmiddin bir varaq qogʻozdagi bir necha qat buklangan xatni olib, chiroq shuʼlasiga tutib, koʻzdan kechirdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Imonimni asrayman desang, bu yerlardan bosh olib ketish kerak. Boʻlmasa, yetti qat yer tagida yonib turgan doʻzaxda qovurilasan. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Taxlangan, buklangan narsalarning orasi.
-
Koʻrpaning qati.
-
Hojimat bel-bogʻining qatidan qogʻoz chiqazib tashladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Mehri opa birinchi konvertni ochdi Ikkinchisini ochdi-yu, xatning qatidagi rasmga koʻzi tushishi bilan toʻxtab, unga tikilib qoldi. R. Fayziy, Ona.
3. Maʼlum qalinlikdagi yoyiq narsalar qatlami, qavat.
-
Bir bechoraning chekkan xoʻrligini oʻylab, har kuni bir qat etdan tushaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mana, men geolog, necha yildirki, Tinmay oʻrgana-man tuproq qatini. Zulfiya.
4. kam qoʻll. Sahifa, varaq.
-
Varaqlanar yetimlikning daftarin qati. Gʻ, Gʻulom
5. kam qo‘llanadigan, aynan Qator 1.
-
Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
6. Marta, karra, qatla.
-
Biroq uning tashvishi ikki qat oshdi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ayniqsa, keyingi paytlarda ish chalkashib, oʻn qat ogʻirlashib ketdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Nega, koʻnglim, boʻlding betoqat? Tinchman, dedim senga necha qat. Mirtemir.
shv. soʻr. olm. Qayer?, qaysi yer?, qaysi joy?
-
[Sherbek:] Uzoqligi qatga borardi? Koʻpi bilan toʻrt-besh kunlik yoʻl. S. Anorboyev, Oqsoy.
eskirgan Ustiga qamish qalam uchini qoʻyib turib, pichoq bilan kesish uchun suyakdan yasalgan taxtacha.
qat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qat etmoq s. t. ayn. qatʼ etmoq
QAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar