qatim
bilan ulashing
1. Ish tikishda: tikish asbobi — igna, soʻzan va shu kabilarga bir marta oʻtkaziladigan yoki oʻtkazilgan oʻlchamdagi (ip, ipak va shu kabilar haqida).
-
Qudajon, bemalol boʻlsa, oila havorang ipakdan bir qatim bering. A. Qahhor, Yangi yer
-
choʻntagiga solib olgan ipaklarni chiqarib, kalta-kulta qatimlardan boshqasini qaytarib oldi. Oydin, Hikoyalar
-
Ip qatimini uzib, ignani koʻkrak choʻntagi qopqogʻiga toʻgʻnadi. S. Ahmad, Saylanma
2. Tikishda: igna yoki soʻzandagi ip yoki ipakni xar bir oʻtkazish.
-
Mahsining choki pishiq boʻlsin uchun, mumli yopishqoq ipni har bir qatimda barmoqlari bilan qir-qir tortib qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Muncha ham bejirim qoʻl hunaringiz Har qatim, har chokda katta mahorat. Gʻayratiy
3. Tikish asbobiga oʻtkaziladigan ip, ipak.
-
Koʻpol ip uziladi, mayin ip choʻziladi. Nozik qatim ignadan silliq oʻtadi, ogʻayni. Y. Muqimov, Olov va nihollar
qatim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qatim tortmoq
-
Onaxon boʻlsa jinchiroqda tuni bilan oʻtirib doʻppi tikar, endi olti yoshga kirgan Bashoratni zoʻr berib qatim tortishga oʻrgatar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
U shartta-shartta qatim tortib mahsi tikib oʻtirardi. Oybek, Bolalik
QATIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar