qatʼiy
bilan ulashing
1. Uzil-kesil belgilab qoʻyilgan, oʻzgarmaydigan; mustahkam, barqaror.
-
Qatʼiy baholar. Qatʼiy reja. Qatʼiy muddat.
-
U yerda batalon komandiri bilan birga qatʼiy jadval asosida mashgʻulot oʻtkazadilar. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Binokorlik ishlarini shunday yoʻlga qoʻyamizki, gʻoʻza parvarishiga sira xalal bermaydi. Faqat qatʼiy tartib oʻrnatishimiz kerak. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Qayta koʻrish, oʻzgartirish, shart, pisanda, eʼtiroz va shu kabilarga yoʻl qoʻymaydigan; uzil-kesil.
-
Qatʼiy javob. Qatʼiy fikr. Qatʼiy qaror.
-
Qurʼoni sharif mayni makruh deb qatʼiy taqiqlagan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Suv isrofgarchiligiga, sugʻorishni sifatsiz oʻtkazishga qatʼiy barham berish kerak. Gazetadan
3. Mustahkam, shak-shubhasiz, qattiq.
-
Qatʼiy vaʼda. Qatʼiy rioya qilmoq. Qatʼiy ishonch.
-
Men seni gʻoliblar qoʻlida koʻrib, Ozod kelajakka qatʼiy ishondim. Uygʻun.
-
Haydar oʻz fikrida qatʼiy turib oldi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
4. Astoydil, jiddiy, qattiq.
-
U., qatʼiy tovush bilan intizom haqida gapirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Qutidorning bu soʻzi juda ham qatʼiy edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
.suvsiz yotgan yer borki, hammasini oʻzlashtirishga qatʼiy bel bogʻlaganmiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Xoʻjayev rais kabinetidan rangi oʻchgan holda chiqdi. Ammo haqiqatdan koʻz yuma olmasligini qatʼiy turib aytdi. Mushtum
QATʼIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТЪИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatʼiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar