kursi
bilan ulashing
1. Bir kishi oʻtirishi uchun moʻljallangan, odatda, toʻrt oyoqli oddiy moslama, oʻrindiq; suyanchiqsiz stul.
-
Unsin kursida oʻtirib, mahsi tikadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Matpano pastak kursiga choʻnqayib, etigini yechdi, choriq kiydi. S. Siyoyev, Avaz
2. Umuman, stul, oʻrindiq.
-
Kursini stolga yaqinroq surib oʻtirib, ishini davom ettirdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Davronov yozgi teatr zaliga kirganida, bitta ham boʻsh kursi qolmagan edi. I. Rahim, Ixlos
3. Ustiga dasturxon yopib (yozib), yeguliklar, taom qoʻyiladigan qurilma; sandal.
-
Ichkari hovlida, keksa Meʼmor atrofida qizi va xotini shumshayib oʻtirishardi; oʻrtada ustiga eski dasturxon yopilgan kursi, kursi ustida non, qand-qurs, choy. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva toʻla patnus qoʻyildi. Oybek, Tanlangan asarlar
kursi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qora kursi
-
Dora kursida eri bilan oʻgʻlining oʻrtasida oʻtirgan Shirmonxon gʻujanak boʻlib olgan, qimirlamasdi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Dora kursiga oʻtirayotgan jinoyatchiga oʻxshab qolganidan, yuzlari lovullab ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
KURSI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУРСИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kursi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar