kurtak
bilan ulashing
1. Oʻsimlikning tana va novdalarida boʻrtib paydo boʻladigan, rivojlanib, barg, gul, shox kabi qismlarga aylanadigan aʼzosi, boshlangʻich aʼzosi.
-
Barg kurtagi. Gul kurtagi. Poya kurtagi. Novda kurtagi
-
Erta bahor, daraxtlar endi kurtak chiqara boshlagan payt. J. Sharipov, Xorazm
-
Shudringda yuvingan akatsiya shoxlari koʻk-qizgʻish tusga kirib, kurtak tugishga tayyorlana boshlagan, gul ekish uchun yumshatilgan tekis tuproq uzoqdan baxmalga oʻxshab koʻrinadi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. koʻchma Biror narsaning oʻsib, rivojlanadigan dastlabki namunasi, rivojlanishidan darak beruvchi nishonasi.
-
Yangilik kurtaklari. Kelajakning kurtaklari.
-
Rustamdan koʻzini uzmas, chehrasi borgan sari ochilib, sevgi kurtaklari gʻunchaga, gʻuncha esa gulga aylanib borayotgandek tuyulardi. V. Gʻofurov, Vafodor
KURTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУРТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kurtak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar