kurs
bilan ulashing
1. KURS I1. Oʻquv yurtlarida biror fan yoki uning biror qismining maʼlum hajmdagi izchil, tartibli bayoni; shunday bayondan iborat boʻlgan darslik.
-
To shu kungacha oliy oʻquv yurtlarining filologiya fakultetlari uchun hozirgi zamon oʻzbek tili kursidan maqbul bir qoʻllanma yoʻq edi. OʻTA
2. Maʼlum sohalar boʻyicha tugal taʼlim, ixtisos beradigan maxsus oʻquv muassasasi.
-
Buxgalterlar kursi. Mashinistkalar kursi. Stenografiya kursi. Shofyorlar kursi.
-
[Jonfigʻon] bir vaqt qarasaki, Malohat, kursni bitirib, yuk mashinasi minib yuribdi. A. Qahhor, Jonfigʻon
-
Kurs yaqinda oʻzining birinchi qaldirgʻochlarini uchirma qiladi. Gazetadan
-
Qizlar uchun gul dastalash sanʼatini oʻrgatuvchi kurs ochishni orzu qilardi. A. Muxtor, Chinor
3. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv muassasalarining har bir yili, bir yillik bosqichi, pogʻonasi.
-
Bu yil u institutning ikkinchi kursini tamomlaydi. Nechanchi kursda oʻqiyapsiz?
-
Bir guruh yuqori kurs studentlari turadigan bu uyda xonalar kam va tarqoq boʻlgani uchun, vaxtyor oʻtirmas, har xonaning kaliti maʼlum bir joyga yashirib ketilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
bu qiz Talʼatdan bir kurs yuqorida oʻqir, jozibali boqishlari uning koʻngliga oʻt solardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Bir davra davolanish; davolanish tadbirlarining tugal bir davrasi.
-
Elektr bilan davolanish kursi.
5. KURS II 1. Kema, samolyot va shu kabilarning harakat yoʻli, yoʻnalishi.
-
Janob kapitan, kemani Bektosh kursidan adashtirmasang, yelkangdan oʻq yeysan. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
6. koʻchma Maʼlum bir masalani hal qilishda tutilgan yoʻl; siyosat yoʻnalishi.
-
Hozirgi asosiy kurs qishloq xoʻjaligini intensivlashtirishdir.
7. Aksiya, obligatsiya, veksel kabi qimmatli qogʻozlar sotiladigan va xarid qilinadigan baho; narx.
8. Bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi.
kurs soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kurs ishi
KURS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУРС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kurs so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar