suvli
bilan ulashing
1. Ichida suvi bor.
-
Suvli idish.
-
Ortiq oʻrindiq tagidan suvli meshni tortib olib, koʻrinarli yerga qoʻyarkan, bir chekkada garangsib turgan Zulxumorga piching qildi. M. Mansurov, Yombi
-
Osmondagi oy boʻlsam, Tiniq suvli soy boʻlsam, Sevgan yorning koʻksinda Kecha-kunduz joy boʻlsam. Qoʻshiqlar
2. Tarkibida suvi boʻlgan.
-
Suvli eritma.
3. Suvi, shirasi koʻp, sersuv, sershira.
-
Suvli shaftoli. Suvli mevalar.
4. Suv bilan taʼmin etilgan, suv bor boʻlgan.
-
Suvli yerlar.
-
Oʻtli, suvli yaylovimning yoʻli olis, Oʻlan boʻlsa, aytishaylik bizlar xolis. Qoʻshiqlar
SUVLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУВЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suvli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar