suvdon
bilan ulashing
1. Qushlarga suv beriladigan idish.
-
Bedananing suvdoni. Suvdonlarga suv quymoq.
-
[Joʻra] Xayriyat, tirik ekansan, dedi-da, suvdon bilan don soladigan siniq tovoqni olib, hujradan don, ariqdan suv toʻldirib kelib, tovugʻining oldiga qoʻydi. U. Nazarov, Zamon
2. Yonda olib yuriladigan suv idish.
-
Bektemir suvdonni koʻtarib, bir necha qultum yutdi-da, yana poʻki bilan ogʻzini mahkamlab qoʻydi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Umuman, suv solib qoʻyiladigan idish.
-
— Suvdonni olib, choʻntaklarga ozginadan qattiq non solvolamiz, — dedi u buyruq ohangida. A. Obidjon, Ey, yorugʻ dunyo
SUVDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУВДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suvdon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing