qatl
bilan ulashing
kitobiy Buyruq bilan rasmiy tarzda oʻldirish, oʻldirilish.
-
Bechora oʻgʻlining qatlidan keyin devona boʻlib qolibdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
-
Rayimbek dodxoh Azizbek hokimiyatining tiragi edi. Uning qatlidan soʻng sipohlardan ruh tushdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
qatl soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qatl qilmoq (yoki etmoq)
-
Oʻgʻlimni qatl qilishdan olib qolishni soʻragan edim. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Moʻmin mirzosini qatl etdi jallod, Toʻliq maqsadga Majdiddin yetib shod. Habibiy
Qatli bedod
-
Sen hamon rahm aylamas boʻlsang mening ahvolima, Qatli bedodingdin endi qilaqol aylab ketay. Hamza, Paranji sirlari
Qatli nafs
Qatli om
-
Ulugʻbek mirzo tuzgan siyosat-u saltanat vayron boʻladi, sodiq kishilar, ulamo-yu fuzalo qatli om etilar ekan-da! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Qatli om degani yet-ti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan barcha odamlarning qilichdan oʻtkazilishidir. Sharq yulduzi
QATL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatl so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar