qatlam
bilan ulashing
1. Maʼlum qalinlikdagi yoki qat-qat yoyiq narsalar qavati; qat.
-
Shagʻal qatlami. Atmosferaning yuqori qatlami. Tuproqning ustki qatlami.
-
Daraning ikki yoni juda tik; necha terak boʻyi baland tosh qatlami devorday yuksalib, xuddi zangori koʻlday jimirlagan osmonni koʻtarib turganga oʻxshardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Tarkibi asosan bir xil boʻlgan jinslarning yoyiq qavati.
-
Ohak qatlami. Tosh-koʻmir qatlami.
-
Margimushni bilasiz, uchuvchi unsur, u oltinli qatlamlar tepasida nurday taralib, hovurday jimirlab yotadi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Qalin qor qatlami hamma narsani, shu jumladan, politsiya faoliyatini ham toʻxta-tib qoʻydi. Gazetadan
3. koʻchma Kishilarning ayrim belgilar bilan birlashgan guruhi; tabaqa.
4. koʻchma Har qanday narsaning ayrim belgilariga koʻra birlashgan guruhi.
-
Tilning lugʻaviy qatlamlari.
5. kam qo‘llanadigan, aynan Qavat.
-
Bir necha qatlam qilib oʻralgan chit roʻmolni boʻyniga tashlab olgan edi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
QATLAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТЛАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QATLAM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QATLAM so‘ziga berilgan ma’nolar
qatlam so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
qatlam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing