tilka-pora
bilan ulashing
Parcha-parcha, mayda-mayda qilingan; tilka-tilka.
-
Kiyimlari tilka-pora.
tilka-pora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tilka-pora boʻlmoq
-
— Endi uyga qanday kiraman? — dedi Mansur tilka-pora boʻlgan kiyim-boshiga qarab. Yo. Shukurov, Uch savol
-
Jahannamga aylangan jang tingandan soʻng tilka-pora boʻlgan yer ham goʻyo horgʻin nafas olardi. Oybek, Quyosh qoraymas.
Tilka-pora qilmoq
-
Shu yerning oʻzida podshoh kishilari uni tutib olib, tilka-pora qilib tashlagan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yigit-qizlar yashnab borayotgan choʻlni, yangi qurilayotgan imoratlarni, tepalikni tilka-pora qilayotgan ekskavatorni tomosha qilishardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
Tilka-porasi chiqmoq
-
Koʻprikning tilka-porasi chiqib ketdi. S. Ahmad, Oydin kechalar
-
Ha, yer quchib yotar endi, chiqib tilka-porasi. O. Hakimov.
TILKA-PORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛКА-ПОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tilka-pora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar