tilla
bilan ulashing
1. aynan Oltin 1.
-
Bir gramm tilla.
-
Shu paytdan tillaga ishqi tushib qolganiga oʻlaymi u xumparning. F. Musajonov, Himmat
2. Shu metalldan zarb qilingan pul, undan yasalgan qimmatbaho buyum; boylik.
-
[Kanizakning] Koʻmib qoʻygan tillasi yoʻqdir, koʻmib qoʻygan tillasi boʻlganda, boʻydoq yigitga tegar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. tarixiy Qiymati oʻn soʻmga teng boʻlgan tilla tanga.
-
Hoji kulumsirab, qoʻlidagi uch-toʻrtta oq tanga bilan bitta tillani Oybodoqqa uzatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. koʻchma Eng yaxshi, qimmatli narsa yoki sevimli kishi haqida.
-
Nigora koʻrpada chalqancha yotib, xayolga choʻmdi. Dadang bilan birga ovga ham chiqqanmiz, tilla odam edi, dedi oʻsha choʻpon. Dadasi tilla odam boʻlganmi-yoʻqmi — Nigora bilmaydi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Joʻravoyni aytmaysizmi! Men odamning bunaqa tillasini koʻrmaganman, — dedi Umurzoq ota. H. Gʻulom, Mashʼal
5. bot. Vohalarda, sugʻoriladigan yerlarda oʻsadigan koʻp yillik, yalpoq boshoqli oʻsimlik.
6. Tilla (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
TILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TILLA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TILLA so‘ziga berilgan ma’nolar
tilla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing