ehson
bilan ulashing
1. Xayrli, savobli ish, kori xayr; ezgulik.
-
Baxil ehsondan qochar, xasis — mehmondan (qochar). Maqol
-
Yogʻi yoʻq, qaymogʻi yoʻq choyi qursin, Xayri yoʻq, ehsoni yoʻq boyi qursin. Folklor
2. din. Xudo yoʻliga beriladigan ziyofat, xayr-sadaqa, xayr-saxovat, xayr-ehson, xudoyi.
-
Qoshki ul xayri ehson berguvchi zotlar beradigan bir parcha chitlarini minnatsiz, ozorsiz bersalar. K. Yashin, Hamza
-
Yuzini sokol bosib ketgan qalandar ehsonni tezda kashkulga joylab uzoq duo qildi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. Umuman, hadya, inʼom.
-
Ehson bermoq.
-
[Mashshoq] Otabekdan katta-katta ehsonlar koʻrgani uchun, vaqtning kechligiga ham eʼtibor qilmay, kirgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yozning ehsoni, olinglar, aziz mehmonlar! Oybek, Ulugʻ yoʻl
4. Ehson (erkaklar ismi).
EHSON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭҲСОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ehson so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar