ehtimol
bilan ulashing
1. Roʻyobga chiqish, amalga oshish, yuz berish imkoniyati; mumkinlik.
-
Qani endi, hayotdagi sanoqsiz ehtimollarning barchasiga javob topish mumkin boʻlsa. S. Karomatov, Oltin qum. Uni eng qattiq qoʻrqitgan narsa
-
bu suratning bosqinchilar qoʻliga tushib qolishi ehtimoli edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. modal so‘z Balki,..sa kerak, boʻlishi mumkin.
-
Uning kelishi ehtimol.
-
Sherbek oʻshanda hol soʻrab, ehtimol, xato qilgandir. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ehtimol, xon tabibni istagan paytda topish oson boʻlsin, deb shunday qilgandir. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ehtimol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Har ehtimolga qarshi
-
Beli singan sarboz har ehtimolga qarshi, yerda yotgan oʻtkir qilichni oldi. Mirmuhsin, Meʼmor
EHTIMOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭҲТИМОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ehtimol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar