quyuq
bilan ulashing
1. Suyuq qismi, suvi nisbatan oz boʻlgan; quyulgan holatli.
-
Quyuq qorishma. Quyuq qiyom.
-
Qilich chopgan chekkadan Quyuq kon sirtga otar. Gʻ, Gʻulom
2. Tarkibidagi asosiy modda nisbatan koʻp.
-
Quyuq choy. Quyuq sut. Quyuq qaymoq.
3. Toʻq; toʻqqa moyil (rang-tus haqida).
-
Begimxon gʻoʻzadan boshini koʻtarib, kuyuk oʻsmali qoshlarini chimirib, bobillab berdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Elmurodning yuziga quyuq qizillik yugurdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Chaylaning tepasida Temirqoziq yulduzi quyuq koʻkka boʻyalgan chiroyli kapalakday qanot qoqardi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Bir-biriga yaqin joylashgan; qalin, zich.
-
Quyuq qamishzor. Quyuq soya. Barglari Quyuq qayragʻoch. Quyuq qora qosh.
-
Maynaning kuyuk kipriklari ostidagi oʻtkir qora koʻzlari navkarni elitib qoʻygan edi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Yuz qadamcha nariga sargʻaygan quyuq oʻt ustiga yotqizdi. Oybek, Quyosh qoraymas
5. koʻchma Toʻkin-sochin, moʻl, serob.
-
Quyuq dasturxon. Quyuq ziyofat. Quyuq mehmon qilmoq.
-
[Afandi] Sovgʻani xonga manzur qilib, kuyuk inʼom olib, oʻrdadan chiqib ketdi. Latifalar
-
Kampir kuyovini hamisha shundoq quyuq kutar ekanmi, ketidan dimlangan joʻja, osh keldi. S. Nurov, Narvon
6. Koʻp miqdorda bir yerga toʻplanib, zichlashib, qalin qatlam hosil qilgan, zich, qalin holatli.
-
Quyuq tuman. Kuyuk tutun.
-
Uy ichini kuyuk qorongʻilik bosdi. Tashqarida shamol gʻuvullaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ular kechki quyoshning quyuq yogʻdusi ostida jimirlagan qishloqqa kirib kelishar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
7. Mazmun, mohiyat jihatidan toʻla darajali (oʻzaro muomala, munosabatdagi xatti-harakat, holat haqida).
-
Quyuq suhbat. Quyuq salom-alik.
-
Dadamat aka Ahmadni eshikkacha kuzatib chiqdi. Quyuq xayrlashdi. F. Musajonov, Himmat
-
Uydan kelgan xat-da ham kuyuk duoyi salom. Shuhrat, Shinelli yillar. Vaʼdani kuyuk qilib, baʼzi qassoblardan bir necha dinor qarzga ham ilindi. Oybek, Navoiy
8. koʻchma Mazmun, diqqat-eʼtibor va shu kabilar jihatdan ahamiyatli boʻlgan.
-
U [Hoshimjon] keyingi soʻzga chiqqanlar, albatta, mening tarafimni oladi, deb oʻylagan edi. Yoʻq, gapning quyugʻi keyin chiqdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
A. Qahhor ortiqcha soʻz va iboralar ishlatmaslikka, asar tilini quyuq, maʼnoli qilishga intilgan. OʻTA
QUYUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЮҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar