quyun
bilan ulashing
1. Qattiq uyurmali shamol; uyurma.
-
Osmon bilan tutashib ketgan quyun yer bagʻrini qirtishlab, xas-xashak bormi, chang-toʻzon bormi — hammasini uchirib, aylana-aylana, tobora koʻkka intilardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Hozir tunmi yoki koʻkni tuproq quyunlari qoplaganidan shunday qorongʻimi — bilib boʻlmaydi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Shiddatli yogʻin; toʻfon.
-
Bahorning noxosdan quturgan quyuni chirpirak urib keldi. Guldasta
-
Toʻsatdan deraza qorongʻilashib, chaqmoq chaqdi, momaqaldiroq dahshatli gulduradi. Quyun quya boshladi. I. Rahim, Ixlos
QUYUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЮН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar