quyushqon
bilan ulashing
1. Egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, koʻpincha turli bezaklar qadaladigan qayish.
-
Otning egar qoshi tilladan, yoliga kumush tangalar, quyushqoniga esa sadaflar taqilgan. J. Sharipov, Xorazm
-
Ot dumiga sola berdi sayislar Oʻn ikki qubbali tilla quyushqonni. Oysuluv
2. koʻchma Biror ish, xatti-harakat, muomala va shu kabilardagi meʼyor.
-
Quyushqondan tash-qari ish.
-
Lokigin [lekin] qishloqni yuz poyiz shaharga teng qilish, qiyofasini paqqos oʻzgartirishga intilish quyushqonga toʻgʻri keladigan narsa emas. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Endi oʻylab-oʻylab, oʻzining quyush-qondan tashqari harakat qilganini seza boshladi. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar
quyushqon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quyushqondan chiqmoq
-
Yosh rahbarsiz-da, xomroqsiz quyushqondan chiqqan boshliq odamlarga yoqavermaydi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Kuldiraman, deb quyushqondan chiqib, meʼyordan oshib ketayotgan aktyorlarning ijrosidan ranjimay ilojingiz yoʻq. Gazetadan
QUYUSHQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЮШҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyushqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar