quyuqlash
bilan ulashing
1. Quyuq tortmoq, quyuq yoki quyuqroq boʻlmoq, quyulmoq (
-
Mastava quyuqlashib ketibdi. Murabbo quyuqlashib qolibdi.
2. Tarkibidagi asosiy modda nisbatan koʻpaymoq (
-
Yaxshi yemlangan sigirlarning suti quyuqlashadi.
3. Toʻqqa moyillashmoq, toʻq yoki toʻqroq tus olmoq (
-
Barglarning rangi ancha quyuqlashdi.
-
Qorongʻilik quyuqlashib onda-sonda oʻtib turgan kishilar qorasi tun pardasiga chaplashib koʻrina boshlaganda, Yigitali oʻrnidan turdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
4. Qalin tortmoq, qalin yoki qalinroq boʻlmoq, qalinlashmoq, zichlashmoq (
-
Kunlar isigan sari koʻkatlar ham quyuqlashar, oʻsib ulgʻayib, chiroyiga chiroy qoʻshardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Poyezd yurishini tezlatgan sayin, oq badan qayinlar, azim qaragʻaylar quyuqlashib, yam-yashil qalin oʻrmonlar boshlandi. H. Gʻulom, Senga intilaman
5. Koʻp miqdorda bir yerga toʻplanib, zichlashib qolmoq, qalinlashmoq.
-
Tuman quyuqlashdi. Tutun tobora quyuqlashib koʻtarilmoqda.
-
Ertalabdan beri kezgan bulutlar kechga tomon quyuqlashib, osmonni tekis qopladi. H. Nuʼmon, Fasllar
6. koʻchma Toʻkin-sochin, moʻl yoki serob boʻlmoq (
-
Ziyofat quyuqlashdi.
7. Mazmun, mohiyat jihatdan toʻla darajali boʻlmoq (
-
Doʻstlik, ijodiy hamkorlik, tajriba almashish, adabiyot vositasi bilan qardoshlik munosabatlari quyuqlasha bordi. N. Safarov, Olovli izlar
8. koʻchma Mazmun, eʼtibor, ahamiyati ortmoq, orta bormoq (
-
Xat ham eskirgan sari maʼnosi quyuqlashadi. Oybek, Quyosh qoraymas
QUYUQLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЮҚЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyuqlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar