quyosh
bilan ulashing
1. (astronomiyaga oid termin sifatida bosh harf bilan) Quyosh sistemasiga oid markaziy jism — oʻzidagi termoyadroviy reaksiyalar hisobiga yorugʻlik va issiqlik tarqatuvchi (chiqaruvchi) ulkan gazsimon shar shaklidagi yoritqich.
-
Yer Quyosh atrofida aylanadi. Quyoshning tutilishi.
-
Raketalar tufayli biz Quyosh sistemasini oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻldik. Fan va turmush
2. Shu jismdan taraluvchi nur, issiqlik.
-
Quyosh vannasi. Yoz quyoshida qoraymoq. Quyoshga tutmoq.
-
Murod quyosh yoyilganda turdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Uy, quyoshga teskari solinganligidan boʻlsa kerak, bir oz qorongʻiroq edi. S. Zunnunova, Olov
-
Soldatlar qahqahlashib yuborishdi. Ayniqsa, qora qoshli, yuzlari quyoshda pishgan yigit silla-si qurib kulardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
3. koʻchma Nimaningdir hayot, yashash manbai, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa haqida.
-
Baxt-u iqbolim quyoshi chiqdi, koʻrsatdi jamol, Oʻzbekistonda qazildi zoʻr kanal, oqdi zilol. Habibiy
4. Quyosh (erkaklar ismi).
quyosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quyosh batareyasi
-
2005 yil bizga grant asosida YUNESKO tomonidan quyosh batareyasi berishdi. Gazetadan
QUYOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЁШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar