o‘yin
bilan ulashing
1. Koʻngil ochish, dam olish, tarbiyalash maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashgʻulot.
-
Bolalar oʻyini.
-
Koʻcha tutash balchiq boʻlganidan bolalarning oʻyini tugul, yurishiga ham imkon yoʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
keng maydonda shovqin-suronli qish oʻyinlari: baland tepadan sirpanishlar, dumalashlar, chenalarda uchishlar Oybek, Tanlangan asarlar
2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun maʼlum qoidalar asosida oʻtkaziladigan mashgʻulot.
-
Futbol oʻyini. Shaxmat oʻyini. Estafeta oʻyinida qizlar komandasi yutib chiqdi.
-
Jon-dilim futbol emasmi, qizni ham unutib, butun xayolim oʻyinda boʻlib qoldi. Gazetadan
3. Oʻrtaga pul yoki narsa tikib oʻtkaziladigan mashgʻulot; qimor.
-
Otam oʻyin qizigʻida yutqazishga yutqazib qoʻyib, keyin oʻzini urdi, peshonasini yordi, yigʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Ritmik harakatlar va mimikalar uygʻunligidan iborat sanʼat; raqs.
-
Oyoq oʻyini. Shoʻx oʻyin. Kavkazcha oʻyin.
-
Oʻyin ham bir turli nazokat kasb etib, Gulsunbibi yoʻrgʻalay ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Parvoz vaqtida shox urib (tash-lab) qilinadigan yengil, yoqimli harakat.
-
Kabutar oʻyini.
6. so‘zlashuv tili Spektakl, konsert, sirk tomoshasi va shu kabilar
-
Bular teatrning oldiga kelganlarida, oʻyin boshlanishiga uchinchi qoʻngʻiroq ham berilgan edi. Oydin, Fonar tagida
7. koʻchma Betartib, biroq oʻziga xos jozibali harakat (hayvon va narsalar haqi-da).
-
Shabada oʻyini.
-
Gʻazab bilan hayqirib boʻron, Balki qilar ming turli oʻyin. Gʻayratiy
-
Baliqlarning bunday oʻyinini endi koʻrib turgani!\. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
8. koʻchma Ermak tarzidagi harakat, qiliq va shu kabilar
-
Achchiq oʻyin shirin turmushni buzar. Maqol
-
Har holda, taqdirning bunchalik oʻyinlari turgan bir zamonda biz nima ham qila olar edik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U muhabbatni oʻyin deb hisoblaydi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Xat senga oʻyin boʻlib qoldimi?! H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
9. so‘zlashuv tili Unchalik qiyin, mushkul boʻlmagan ish haqida.
-
Qizniki — qiyin bilan, oʻgʻilniki oʻyin bilan bitar. Maqol
10. so‘zlashuv tili Suyuqoyoq, buzuq ayol haqida.
o‘yin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻyinga tushmoq
-
Havaskor hofizlar qoʻshiq aytdi, shoʻx yigitlar oʻyinga tushdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
Oʻyin qilmoq
-
— Voy yuragim, voy-voy, — deb atay yerga agʻnab, ogʻzidan oq koʻpik chiqara boshladi. Uning oʻyin qilayotganini Meʼmor sezib turardi. Mirmuhsin, Meʼmor
O‘YIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘yin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar