o‘y
bilan ulashing
1. Biror narsa bilan kovlab, chuqur hosil qilmoq; kovlamoq.
-
Yerni oʻymoq. Devorni oʻymoq.
-
Tirnoq-la yer oʻyib, suvlar oqizgan Gʻariblar ahvoli qolardi tangga. Gʻayratiy
-
Avaz uchi tirsakka oʻxshash silliq tosh topib, boʻzni oʻyib, ikki qator chuqurchalar yasadi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
2. Chuqurcha hosil qiladigan qismini ajratib olmoq.
-
Men ham lip etib hujraga kirib, xumchadan yogʻ oʻyib oldim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Mana shu yolgʻiz qoʻlim bilan malʼun Japaqning koʻzini oʻyaman. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
3. Naqsh, gul, tasvir va shu kabilar ishlash uchun biror sirtga iz, oʻyiq tushirmoq.
-
Supachada bir parcha ganchga Naqqosh oʻyar soʻnggi nasini. E. Rahim
-
Islomxoʻja ustalar bilan salomlashib, marmar toshga Ogahiy sheʼrlarini oʻyayotgan Xudoybergan muhrkan oldiga bordi. J. Sharipov, Xorazm
-
[Solijon] Takrorlaydi darslarin, Koʻzdan tugal oʻtkazar, Toshga oʻygan xat kabi Puxtalab dilga yozar. Q. Muhammadiy
4. Yemirib, yuvib, chuqur hosil qilmoq.
-
Oyqiz butun kuchini yigʻib, Pogodinni suv oʻygan chuqurlik qirgʻogʻiga sudrab keldi Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
5. koʻchma Qattiq chimchilamoq.
-
Rohila [qizning] biqinini oʻyib oldi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
6. koʻchma Qattiq ruhiy azob bermoq.
-
Yurak-bagʻrimni oʻyding, Meni nomusga qoʻyding. H. Olimjon
7. Oʻyib olmoq Qattiq taʼsirli, taʼzirli gap qilmoq.
-
Alim buva mingboshini oʻyib oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
biror narsani bahona qilib, gap bilan oʻyib-oʻyib oladi. O. Husanov, Nay
O‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar