o‘yinqaroq
bilan ulashing
1. Vaqtini doimo turli oʻyinlar bilan oʻtkazadigan, oʻyinga berilgan; shoʻx (bolalar haqida).
-
Kinoteatrning devorlari baland boʻlsa ham, oʻyinqaroq bolalarga aslo xalal bermasdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Quda boʻlmishimiz ostonamizni supurib, hol-jonimizga qoʻymayapti; uzatib, oʻyinqaroq qizi tushmagurdan tinchib qoʻya qolsakmikan, degan oʻyim bor. A. Mirahmedov, Oʻt yuraklar
-
— Joʻra degan bola sal oʻyinqaroq chiqib qoldi, gʻoʻzaga suvni ham oʻsha toshirib yuborgan, — dedi Shokirov. N. Nazarov, Zamon
2. Oʻyin-kulgi, shoʻxlik bilan oʻtadigan.
-
Botiralining bu oʻyinqaroq yillari uzoq choʻzilmadi. S. Ahmad, Hukm
O‘YINQAROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙИНҚАРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan O‘YINQAROQ so‘ziga berilgan ma’nolar
o‘yinqaroq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
o‘yinqaroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar