o‘yinchoq
bilan ulashing
1. Bolalarning oʻynashi, ovunishi uchun xizmat qiladigan narsa yoki buyum.
-
Oʻyinchoq sotib olmoq. Oʻyinchoq mashina:
-
Buvasi unga dadasiga oʻxshab qoʻgʻirchoqlar, oʻyinchoqlar, har xil hayvonlarning rasmi solingan kitoblar olib kelib bermasdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Chiqarmang qurol, oqmasin qonlar. Kitob, oʻyinchoq bering bizlarga! I. Muslim
2. koʻchma Birovning koʻngil ochish vositasi; ermak.
-
Tashlandiq bu qizingiz, qoʻlma-qoʻl yuruvchi bu oʻyinchoq qizingiz kim-u, sizdek bir mehribon onani qon yigʻlatgan kim? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kimlarning sof hayoti Qoʻlda oʻyinchoq. Gʻayratiy
3. koʻchma Birovning xohshini soʻzsiz, koʻr-koʻrona bajaruvchi, itoatgoʻy; qoʻgʻirchoq.
-
Moʻgʻullar va ularning qoʻlida oʻyinchoq boʻlgan amir Burhoniddin tashvishga tushib, bu dahshatli xalq qoʻzgʻolonini bostirish harakatiga tushib qoldilar. M. Osim, Mahmud Torobiy
O‘YINCHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙИНЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘yinchoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar