o‘yla
bilan ulashing
1. Fikr-mulohaza yuritmoq; fikrlamoq.
-
Oʻylab tuzilgan reja. Koʻp oʻyla, oz soʻzla. Maqol
-
Oʻylamay qilingan ish — boshga keltirar tashvish. Maqol
-
U
-
har qancha oʻylasa-da, Asqar aka haqida yomon fikrga botinolmas edi. N. Fozilov, Diydor
-
Tokaygacha shu kepatada yurasan, bolam, axir menga ham jon kerak, oʻylasang boʻlmaydimi? E. Raimov, Ajab qishloq
2. Xayolidan kechmoq (kechirmoq), xayol qilmoq. U
-
baʼzan oʻgʻlining sogʻ-salomat jangdan qaytishini tilab yurtda tinchlik boʻlsa, umri boqiy binolar qurib berishini oʻylardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ikki qoʻllab qanday terar ekan-a? deb oʻylayman ichimda. E. Raimov, Ajab qishloq
3. Yodga olmoq, esga keltirmoq; xotirlamoq.
-
Lekin men boyagi yigitni oʻylab, yuragim ezilib ketyapti. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Aksincha, har kuni ming yashab, quvnab, Sen qilgan ishlarni oʻylayman, oʻgʻlim. Gʻayratiy
-
Har kuni dadamni bir oʻylab qoʻyaman. E. Raimov, Ajab qishloq
4. Biror kimsa yoki narsa manfaati yuzasidan ish tutmoq; shuning dardida boʻlmoq.
-
El-yurt tinchligini oʻylamoq.
-
Sut sogʻuvchi ham, eng avvalo, inson sogʻligʻini oʻylaydi. Gazetadan
-
Koʻzim ochiqligida qizimning toʻyini koʻray, deb oʻzimni oʻylabman-u, bu toʻydan keyin Nasiba nima boʻlishini oʻylamabman. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Oʻzingiz bilasiz, Usmon aka biz iqtisodchimiz, daromadni koʻp oʻylaymiz. P. Qodirov, Qora koʻzlar
5. Xayol qilmoq, taxmin qilmoq, deb hisoblamoq, tushunmoq.
-
Bu ishga rahbarlik qilsangiz, men oʻylayman, yana bir xayrli ishni yuzaga chiqargan boʻlasiz. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Mening doʻqimdan keyin Odil qizlarga xat yozmaydi, deb oʻylaysizmi? S. Zunnunova, Yangi direktor.
-
Zaynab siz oʻylagan kelinlardan emas xudoga shukur, aql-hushi joyida. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6.
o‘yla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qadamni oʻylab bosmoq
-
Men sizga yomonlikni ravo koʻrmayman. Qadamingizni oʻylab bosing, uka! S. Anorboyev, Oqsoy
-
Adashish yomon narsa. Adashib qolmaslik uchun esa qadamni oʻylab bosish kerak. Gazetadan
O‘YLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘yla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar