botqoq
bilan ulashing
1. Oyoq bosib boʻlmaydigan boʻsh loy va shunday loy bilan qoplangan yer, may-don; botqoqlik, botqoqzor.
-
Baqa botqogʻini qumsar, baliq — koʻlini. Maqol
-
Eshak yugurar qatqoqda, holi maʼlum botqoqda. Qanotli soʻzlar
-
Ariqni botqoqdan tozalab turmasang, keladigan suv ham keyinchalik kamayib, oxiri butunlay kelmay qolishi mumkin. Shukrullo, Saylanma
2. sifatdosh Boʻsh loyli, shunday loy bilan qoplangan.
-
Botqoq va balchiq yerlarda olib boriladigan dehqonchilikni biz bir qator xalqlarda hanuz uchratamiz. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
3. koʻchma Salbiy muhit, girdob.
-
Ular meni jinoyat botqogʻiga itarmoqchi boʻldilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Balandparvoz maqtanchoqlik bilan osmonga qarab, necha yillik turgʻunlik botqogʻidan qanday oʻtib kelganimizga hayronman. Gazetadan
-
Xizmat burchi nuqtai nazaridan olib qaralganda mayor haq: jinoyatchilik botqogʻidan tor-tib chiqarib, odam qatoriga qoʻshish kerak. Yoshlik
BOTQOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОТҚОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
botqoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar