botmon
bilan ulashing
1. Oʻrta Osiyoning, shuningdek, Oʻzbekistonning turli yerlarida turli mezonga, salmoqqa ega boʻlgan (ikki puddan oʻn bir pudgacha) ogʻirlik oʻlchov birligi.
-
Chumchuq semirgani bilan botmon boʻlmas. Maqol
-
Bedananing ham oʻziga yarasha botmoni bor. Maqol.
-
Yetmish botmon toshni koʻtarib otdi. Intizor
-
Xudo senga bir botmon kuch bergan-u, bir misqol aqlni ayagan! Oybek, Quyosh qoraymas
2. Taxminan bir gektarga teng sath oʻlchov birligi.
-
Mavlon akaning meros mahriga tushgan ikki botmon yeri bor. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shu oʻttiz chaqirimli ariq qazilib bitganda, Namangan va Andijon tumanlaridan ikki ming botmongacha yer sugʻorilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Raisni kasal deb oʻylab, hammang quturib ketding. Qoʻsh hoʻkiz ovora-yu, bir botmon yer haydama y san. M. M. Doʻst, Lolazor
BOTMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОТМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BOTMON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BOTMON so‘ziga berilgan ma’nolar
botmon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
botmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar