botirlik
bilan ulashing
1. Jasurlik, dovyuraklikka xos holat, xususiyat.
-
Soʻz botirligi — tilda, El botirligi — belda. Maqol
-
Toʻraqulning botirligi Rahmatullaga ham kuch bagʻishladi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Muhabbat hozir Gavharga botirlik talab qiladigan bir tomoni bilan koʻrinar, u boshqa vaqtlarda qilolmaydigan ishlarni qilishga intilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Botirlarga, dovyurak kishilarga xos ish, mardonavor xatti-harakat; jasorat.
-
Botirlik qilmoq. Botirlik koʻrsatmoq.
-
Aʼzam Yusupovich tungi janglarda juda mohirlik, botirlik koʻrsatardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
BOTIRLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОТИРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
botirlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar