botiq
bilan ulashing
1. sifatdosh 1 Ichiga botgan, botinqi.
-
Botiq optik shisha. Botiq koʻzgu.
-
Mavlono Binoiyning botiq koʻzlarida kinoya, nashʼa yonib ketdi. Oybek, Navoiy
-
Yigitning iyagi oldinga turtib chiqqan, koʻzi chu qur, peshonasi botiq edi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Uning koʻrkam, nurli yuzida, katta-katta botiq koʻzlarida kuyinganlikka monand ifoda qashidi. Yoshlik
-
Temirchi sovutning koʻkrak qismini ichdan botiq, sirtdan qabariq qilib yasaydi. M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish
2. ot. geog. 2 Quruqlikda yer yuzasining, shuningdek, okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari.
-
Kuchli shamolda yer sathi oʻzgaradi, botiqlar va turli xil relyef shakllari paydo boʻladi. Fan va turmush
BOTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
botiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar