o‘ymakor
bilan ulashing
1. Taxta, ganch, marmar va shu kabilarga oʻyib, gul, naqsh ishlovchi usta.
-
Bu [eshik ]qalin, baquvvat taxtalardan yasalgan boʻlib, mohir oʻymakorlar bezagan, usta boʻyoqchilar naqsh bergandi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. Oʻyib, zarb qilib ishlangan; oʻyma.
-
Oltin qubbachalar, oʻymakor gullar bilan bezangan eshikni ochib, kichikroq, lekin serhasham bir xonaga kirdi. Oybek, Navoiy
-
Uning [Abdulla Boltayevning] qoʻli bilan qilingan oʻymakor naqshlar eskizi 1937 yili Parijda ochilgan sanʼat vistavkasida ham yuksak baho oldi. S. Qodirov, Qirq kitobning toʻrt sahifasi
-
Tabaqalari keng, ochiq turgan oʻymakor shamshod darvoza Hasan ovchini qaʼriga tortib, yutib yubormoqchiday. Sh. Toshmatov, Erk qushi
O‘YMAKOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙМАКОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan O‘YMAKOR so‘ziga berilgan ma’nolar
o‘ymakor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
o‘ymakor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar