o‘yna
bilan ulashing
1. Dam olish, koʻngil ochish maqsadidagi biror erkin ish, mashgʻulot, oʻyin bilan shugʻullanmoq (
-
Bekinmachoq oʻynamoq. Qorboʻron oʻynamoq.
-
Shu chogʻ koʻchada oʻynab yurgan qoʻshnisining bolasi Asad kelib qoldi. Mushtum
2. Rasmiy ish-vazifalardan xoli holda dam olish, sayr etish kabi holatlarda vaqt oʻtkazmoq.
-
Sobiraxon, Bahrini ham olib boringlar, oʻynab kelsin A. Qahhor, Xotinlar
-
Ertalab Yodgor Charos bilan toqqa chiqmoqchi ekanini aytganda, Zoyirjon quvongan edi Yaxshi oʻynab kelinglar, deganini eslab, battar oʻsal boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Musobaqa tarzidagi sport oʻyini bilan shugʻullanmoq, shunday oʻyinda qatnashmoq (
-
Shaxmat oʻynamoq. Bilyard oʻynamoq. Futbol oʻynamoq.
-
Mirmurodov dastlabki ikki oʻyinni, ataylab qildimi yo boʻsh oʻynadimi, yutqizdi. Guldasta
4. Qimor oʻyinida qatnashmoq (
-
— Siz bilan oʻynamasa, kim bilan ham oʻynaydi, — dedi gap ohangini oʻzgartirib [Turdimat choʻtal], — tovva pukkani yeydi, olchi chikkani yeydi degandek, boy bersangiz nima, siz ham yutib yurgansiz. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Kecha bir oz qarta oʻynab Maskovdan kelgan bir favurkonchi [fabrikant] oʻrisning toʻrt ming soʻmini yutibman. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Tana, oyoq, qoʻl va qosh-koʻzlarni kuyga muqobil holda harakatlantirmoq; raqs tushmoq (
-
Bu juvon tanovarga juda yaxshi oʻynaydi.
-
Rais shavq-zavq bilan oʻynab, davrani bir necha marta kezib chiqqach, pildirab bir aylandi-yu, bexosdan Urmonjonga tashlandi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Sahna asarida biror rolni ijro etmoq.
-
Gulsun kuyov rolini oʻynar, Xonimbibi Kumush rolida, ikkisining bir-birisiga qarab oʻqishgan laparlari barchani kuldirib, ichaklarni uzar darajada. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
7. Nimanidir qoʻlda harakatga keltirmoq, aylantirmoq va shu kabilar
-
Fotima yerga qarab, roʻmoli uchini oʻynab oʻtirardi. T.Ashurov. Oq ot
-
Sharifjon tergan paxtasini changalida oʻynab, goh u, goh bu qizga sovgʻa qilardi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin
-
Usmonjon, qoʻlida nimanidir ezgʻilab oʻynab oʻtirgan Adolatga qaradi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Yormat nosqovogʻini oʻynab, yerga tikildi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. Birovga gap, soʻz bilan tegishmoq; hazil qilmoq.
-
Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir! Maqol
-
Bugun boʻlsa [
-
Kumushning] oʻynab aytgan soʻzi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasini qotirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. koʻchma Turli-tuman, shoʻx, yoqimli harakat qilmoq (jonivor va narsalar haqida).
-
Hovuzda baliqlar tiniq suvni toʻlqinlatib oʻynaydi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Chayqaladi dengiz beorom Oq chechakdek koʻpiklar oʻynar. Gʻayratiy
-
Duxoba gullarga dudoq tegizib, Har sahar shabada oʻynab yotadi. Uygʻun
-
Belanchak boshida oʻynar parcha nur. A. Oripov
10. koʻchma Koʻrk, goʻzallik aks ettirib harakatlanmoq, pirpiramoq, dirkillamoq.
-
Qizning qosh-qovoqlari oʻynaydi.
-
Uning [Inobatning] ozib, kichkina boʻlib qolgan yuzi, uzun kipriklari hayajon bilan oʻynar edi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin
-
Laʼli paranji-chachvonini oppoq bilagiga tash-lab, sevganiga termilib qolgan; qora atlas koʻylagini turtib chiqqan qavariq koʻkragi bekni telba qilar darajada oʻynab turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
11. Irgʻishlash, shox tashlash va shu kabilar tarzdagi oʻynoqi harakat qilmoq.
-
Osmonda ozod qushlar oʻynab-oʻynab parvoz qiladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Elligida aygʻir otday oʻynaydi Oysuluv
12. koʻchma Qabarib, boʻrtib chiqmoq (mushak, tomir kabilar haqida).
-
Terib qoʻyilgan yapaloq gʻishtlar ustiga choʻkib, tomirlari oʻynagan, qaltiroq qoʻliga moʻlgina nos toʻkib, til tagiga otdi. Mirmuhsin, Bir xumcha tilla
-
Mashq qilaman har kuni, Muskullarim oʻynaydi. Yu, Hamdam
o‘yna soʻzi qatnashgan jumlalar:
[Birovning] nogʻorasiga oʻynamoq
-
Yotoqqa kiraverishdagi tuprogʻi oʻynab ketgan ensiz yoʻlakning burchagida tagiga zanglagan chelak qoʻyilgan dastshoʻy jami uch xonada istiqomat qiluvchilar uchun xizmat qilardi. S. Karomatov, Oltin qum
Qalliq oʻynamoq
O‘YNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЙНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘yna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar